Bosma ommaviy axborot vositalari jurnalistikasi

Bosma OAV jurnalistikasi yo‘nalishida jami 63 nafar talaba 1- va 2- kursda tahsil oladi. Shundan 19 nafari rusiyzabon talabalardir. Ularga “Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiya asoslari”, “Milliy va jahon jurnalistikasi tarixi”, “Media tili va uslubi”, “G‘arb va Sharq jurnalistikasining rivojlanish tendentsiyasi”, “Matbuotda reportaj va intervьyu”, “O‘zbekistonda Bosma OYaAV tizimi”, “Matbuotda yangilik va sharh”, “Matbuot internet tizimida”, “Mediatahririyat strukturasi”, “Mutolaa madaniyat”, “Jurnalistikada kreativ fikrlash”, “BMTning ming yillik rejasi va jurnalistika”, “Matbuotda tahliliy janrlar” kabi fanlardan tajribali ustozlar filologiya fanlari nomzodi Nazira Toshpo‘latova, Akbar Nurmatov, Latofat Toshmuxammedova, To‘xtamirzaev Mirzahakim, Xalim Saidov, Meliboev Axmadjon, professorlar Xudoykulov Muxtor, Qo‘ziev Tursunali, Dilfuza Teshaboeva, Olim O‘sarov kabi professor-o‘qituvchilar dars berishadi.
Bosma OAV guruhi talabalari juda ham tirishqoq harakatchang, bilimga chanqoq talabalardan iborat bo‘lib, darslarga imkon darajasida tayyorlanib kelishadi. Ular o‘z navbatida universitet hayotiga befarq emasligi bilan ajralib turishadi. Har bir tadbirlarda faol va o‘z ishtiroklari bilan yordam berishadi. Lekin talabalar orasida ba’zan tushunmovchik sodir bo‘lib, buning oqibatida kichik dilxiraliklir uchrab turadi. Bir oz bir birini eshitib, o‘zaro hurmat qilishni ko‘proq ustun qo‘yishsa bas xammasi joyida.
Guruh murabbiylari: Nuriddin Jabiev, Ma’mura Xakimjanova, Yoqutxon Erkaboeva, Gulsanam Xasanova, Roxila Kuzibaeva