Harbiy jurnalistika

Harbiy jurnalistika yo‘nalishida jami 47 nafar talaba 1 kursda o‘qiydi. Harbiy juralistikasi ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlarning kasbiy faoliyati quyidagilarni qamrab oladi: OAV faoliyatini tashkil etish; axborot jamiyatida axborot kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash; matbuot nashrlari turlarini tashkil etish va boshqarish; Harbiy jurnalistikada axborot, yangiliklar, tahliliy va badiiy-publitsistik materiallarini yaratish; Harbiy to‘qnashuvli vaziyatlarda jurnalist faoliyatining xavfsizligini; Ziddiyatli vaziyatlarda yangilik tayyorlashning o‘ziga xos xususiyatlari, global internet tarmoqlarida ma’lumotlar bilan ishlash; Harbiy jurnalistikada kasbiy etika va huquq; Harbiy topografiya;
Tahliliy va badiiy publitsistik janrlar, axborotni yig‘ish, qayta ishlash va tarqatish.
Harbiy sohaga oid yangiliklar, reportyorlik, tahliliy va sharhlash jurnalistikasida faoliyat yurita olishi, publitsistik ijod va jurnalistikaning axborot, tahliliy va badiiy-publitsistik janrlarida materiallar yoza olishi, jahon jurnalistikasining tarixiy taraqqiyotiga oid asosiy printsiplardan foydalanish, OAV nazariyasi va sistemasi to‘g‘risidagi bilimlarni amaliyotda qo‘llay olishi, ommaviy axborot vositalari yuzasidan O‘zbekistonda qabul qilingan qonunlar va qarorlarni jamiyat hayotida tatbiq etishi; milliy va jahon jurnalistikasi tarixini o‘rganishga sistemali va kompleks yondashishni,O‘zbekiston matbuotining “to‘rtinchi hokimiyat” maqomiga erishish yo‘lidagi faoliyatini bilish; Harbiy jurnalistik sohaga oid sotsiologik va psixologik usullar, kasbiy axloqiy asoslarni bilishi va bu boradagi kasbiy-malakaviy talablarga rioya etishi, ommaviy kommunikatsiya matnlarini professional tahrir qilishning psixologik xususiyatlari, OAV da materiallarni xorijiy tilda nashrga tayyorlashi, radio va televidenieda efirga uzatishi, jurnalistikaga mansub xorijiy matn ustida ishlay olishi, uni tahrir va tahlil qila bilishi bilim va ko‘nikmalariga ega bo‘lishadi.

Harbiy jurnalistika yo‘nalishi talabalari juda ham sokin guruh bo‘lib ba’zan bor yo‘qligi ham bilinmaydi. Guruh o‘qishga nisbatan qiziqishi sust. Ular bilan ko‘proq muloqot qilib iqtidorlarini ko‘rsatishga yordam berish lozim. Universitet tadbirlariga jalb qilinganda eng ko‘p e’tiroz bildiradagan ham shu guruh sanaladi. Universitet hayotiga ko‘proq ahamiyat berishsa yana ham yaxshi bo‘lar edi.

Guruh murabbiyi: Alijon Safarov