Mediadizayn

Mediadizayn yo‘nalishida jurnalistika sohasida eng yangi va zamonaviy yo‘nalish bo‘lib, bu tarmoqda 138 nafar talaba tahsil olishadi. Ularga medianing dizayni, imidji, shu bilan birga, jurnalistikaning nazariy asoslaridan qiziqarli fanlar o‘qitiladi. Masalan, “Mediadizaynning dasturiy ta’minoti”, “Xorijiy til”, “Raqamli montaj”, “Multimediya vositalari va turlari”, “Zamonaviy veb-dizayn”, “Dizayn nazariyasi va tarixi”, “Foydalanuvchi dizayni”, “San’atda raqamli foto asoslari”, “Media biznes asoslari va boshqaruv”, “Veb dasturlash texnologiyalari”, “Veb dizayn”, “Zamonaviy 3D grafikasi” fanlari bo‘yicha tahsil olishadi. Ularga Nozima Muratova, Muqimjon Qirg‘izboev, Dadaxon Yoqubov kabi mohir professor-o‘qituvchilar dars berishadi. Talabalar ta’lim olishi bilan birga turli ommaviy axborot vositalarida, xususan, “O‘zbekiston” , “Mening yurtim”, “Sevimli”, “Dunyo bo‘ylab” telekanallari, “Xalq so‘zi”, “Ma’rifat”, “Darakchi”, “Yoshlar ovozi” gazetalarida amaliy mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanadilar.


O‘qituvchilar: Shoxrux Cho‘lliyev, Dadaxon Yoqubov, Farrux Saidov, Ug‘ilshod Suyunova, Jamshid Sadinov, Jahongir Modullayev.

Tyutor: Viloyat Shodiyeva