Mediamarketing va reklama

Mediamarketing va reklama yo‘nalishida 1 va 2 kurslarida 39 nafar talaba tahsil olishadi. Ularga “Reklama nazariyasi va amaliyoti”, “Xorijiy til”, “Jurnalistika sohasida kopirayting”, “Mutola madaniyati”, “Axborot texnologiyalari”, “Saylovda PR texnologiyalari”, “Inson huquqlarini o‘rganish”, “O‘zbek va jahon adabiyoti”, “Muvaffaqiyatli kommunikatsiya san’ati”, “Jurnalistika va OK asoslari”, “Media marketing nazariyasi va amaliyoti”, “Mediamarketing, reklamada moliya va statistika” fanlari bo‘yicha tahsil olishadi. Ularga Sherzodxon Qudratxo‘jaev, Alisher Matyakubov, Nozima Muratova, Muqimjon Qirg‘izboev, Shaxnoza Taylakova, Saida Beknazarova, Zilola Abdukaxxarova kabi mohir professor-o‘qituvchilar dars berishadi. Talabalar ta’lim olishi bilan birga turli ommaviy axborot vositalarida, xususan, “O‘zbekiston” , “Mening yurtim”, “Sevimli”, “Dunyo bo‘ylab” telekanallari, “Ma’rifat”, “Darakchi”, “Yoshlar ovozi” gazetalarida amaliy mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanadilar. Juda ham bir qiziq yo‘nalish bo‘lgan holda, ko‘p abituriyentlar e'tiborini o‘ziga tortmoqda.


Guruh murabbiylari: Gulnora Zokirova, Iroda Nasimova.