Xalqaro jurnalistika

Xalqaro jurnalistika va jamoatchilik bilan aloqalar yo‘nalishida 1 va 2 kurslarida 49 nafar talaba tahsil olishadi. Ularga “Xalqaro global kommunikatsiyalar”, “Xorijiy til”, “Xalqaro jurnalistikada yangilik va sharh”, “Mutolaa madaniyati”, “Media tili, uslubi”, “Saylovda PR texnologiyalari”, “Inson huquqlarini o‘rganish”, “O‘zbek va jahon adabiyoti”, “Xalqaro sharh va tahlil mahorati”, “Jurnalistika va OK asoslari”, “Axborot texnologiyalari”, “Xalqaro siyosiy va iqtisodiy munosabatlar”, “Xalqaro jurnalistika tizimi”, “Jurnalistika sohasida kopirayting”, fanlari bo‘yicha tahsil olishadi. Ularga Sherzodxon Qudratxo‘jaev, Alisher Matyakubov, Nozima Muratova, Muqimjon Qirg‘izboev, Markevich Kirill, Mirzaxmedova Dilfuza, Shukurova Gulmira, Osmanova Darьya kabi mohir professor-o‘qituvchilar dars berishadi. Talabalar ta’lim olishi bilan birga turli ommaviy axborot vositalarida, xususan, “O‘zbekiston” , “Mening yurtim”, “Sevimli”, “Dunyo bo‘ylab” telekanallari, “O’zbekiston 24”, “Ma’rifat”, “Yoshlar ovozi” gazetalarida amaliy mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanadilar.


Guruh murabbiylari: D.Saitbekova, S.Xalimova.