19.12.2018 2963

Qozog'istonning Ostona shahrida YXXT tomonidan o'tkazilgan 20-Markaziy Osiyo Mediakonferensiyasi bo'lib o'tdi

Mediakonferensiyaning asosiy mavzusi- media sohasida raqamlashtirish jarayonlari tufayli yuzaga keluvchi dezinformatsiyaning kuchayishi va feyk (yolg‘on axborot) tarqatish jadallashish holatlarida jurnalistikaning kelajagi haqida bo'ldi.

O‘zbekistondan ishtirok etgan delegatsiya tomonidan mamlakatda so‘z erkinligi va turli fikrlilikni shakllantirish borasida qonunchilikda, jurnalist odob-ahloq me’yorlari borasida hamda sifatli jurnalistikaga erishish yo‘lida professionallikni oshirish bo‘yicha amalga oshirilgan islohotlar haqida so'z yuritildi. 

Shuningdek, ishtirokchilarga kadrlarga bo‘lgan ehtiyojdan kelib chiqqan holda, professional jurnalistika talablariga javob beruvchi yosh kadrlar tizimini yo‘lga qo‘yish maqsadida O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti tashkil etilgani va Markaziy Osiyoda soha bo'yicha yagona bo'lgan bu universitet talaba yoshlar uchun bakalavriat, magistratura hamda sirtqi tartibda o‘qish imkoniyatlarini ochib berayotgani borasida ham ma’lumot berildi.

Bo'lishmoq: