Yoshlar ittifoqi

Yoshlar ittifoqining O`zbekiston jurnalistika va ommaviy komunikatsiyalar universitetidagi Boshlang‘ich tashkiloti Kengashi

Davlatova Nafosat Furqat qizi

Universitet  Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi

Qabul kunlari: Har kuni,  soat 09:00 dan 16:00gacha (O`quv binosi 1-qavat 2\4 xona)

 

 Universitet Yoshlar ittifoqi kengashi tomonidan amalga oshirilgan ishlar:

 “Yil talabasi” tanlovi

4 yo`nalish bo`yicha ishtirok etgan talabalar orasidan munosiblar saralab olinib,  go`liblarga belgilangan miqdorda pul mukofotlari va sertifikat bilan taqdirlandi. G`olib ishtirokchilar tanlovning keyingi bosqichiga yo`llanmani qo`lga kiritdi.

 

“Zakovat” intellektuat o‘yinlari ligasi;

 Talabalarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularning mantiqiy fikrlash, tezkorlik va aniqlikka yo`naltirish maqsadida universitet Zakovat jamoalari shakllantirilgan. O`yin belgilangan muddatlarda II tur bo`yicha o`tkaziladi, har bir turda 10 tadan savol mavjud.

“Munozara’’ debat klubi

 Talabalarning nutqiy ravonligini rivojlantirish, ularni hozirjavoblikka o`rgatish, maqsadida Boshlang`ich tashkilot qoshida  Munozara’’ klublari faoliyat yuritadi.

“Mehr’’ qizlar klubi

 Talaba-qizlarning siyosiy faolligini oshirish, ularning taklif va g`oyalarini ro`yobga chiqarish maqsadida professor,  olima Jamila Shermuhammedova bilan  Mehr’’ qizlar klubi tashkil etildi.

Ijodiy uchrashuvlar

 Yil davomida jurnalistika sohasi namoyondalari, filologlar va suhandonlar, blogerlar bilan ijodiy uchrashuvlar tashkil etiladi.

Sport musobaqalari

Yoshlarni sog`lom turmush tarziga yo`naltirish, ularning bo`sh vaqtlarini unumli tashkil etish maqsadida o`quv yili davomidda sport musobaqalari tashkil etilib kelinmoqda. Talabalar o`zi tanlagan sport turi bo`yicha sport seksiyalariga qatnashishi mumkin.