13.02.2020 2835

"Aqlli shahar": bu o‘zi nima?

7-fevral kuni Amity Universitetida Jahon Banki ko‘magida "Aqlli shahar" kontseptsiyasiga bag‘ishlangan anjuman bo‘lib o‘tdi. Konferensiyada shahar mulkini boshqarish uchun bir nechta axborot va kommunikatsiya texnologiyalarini integratsiya qilish imkoniyatlari muhokama qilindi.  Ushbu tadbirning tashkillashtirilishiga Vazirlar Mahkamasining 18-yanvardagi "Aqlli shahar" texnologiyasini joriy etish to‘g‘risidagi qarori sabab bo‘ldi. Qarordan ko‘zlangan maqsad-turmush darajasini oshirish, fuqarolarning dolzarb muammolarini hal etish, ijtimoiy infratuzilmani yaxshilash va hududlarni rivojlantirish uchun munosib sharoit yaratishdir.

Bo'lishmoq: