02.12.2019 1145

Axborot agentliklarining axborot jamiyati sharoitidagi taraqqiyot tendentsiyalari

Media nazariyasi va amaliyoti kafedrasi 1-bosqich PhD tayanch doktoranti Musaeva Nodiraning “Axborot agentliklarining axborot jamiyati sharoitidagi taraqqiyot tendentsiyalari” mavzusidagi ilmiy ma’ruzasi bo‘lib o‘tdi.
Unda doktorant tadqiqot ishining 1-bob yakuni bo‘yicha ilmiy ma’ruza qildi. Bugungi axborot jamiyatini kundalik hayotda yuz beradigan va berayotgan jarayonlar va hodisalarni aks ettiruvchi ma’lumotlarning muntazam harakatlanishisiz tasavvur qilish qiyin. Zamonaviy dunyoda axborot jiddiy strategik resurs va jamiyatni rivojlantirishning etakchi omillaridan biridir. Ishning dolzarbligi ham ushbu axborot jamiyatida axborot agentliklarining o‘rni kattaligi va axborot agentligi ma’lumot bazasi ekanligidir. Axborot agentliklari axborotni qidirish, to‘plash va tarqatishda katta korporativ tashkilotdir. Zasurskiy fikriga ko‘ra, axborot agentliklari “OAVga xizmat ko‘rsatadigan ixtisoslashgan axborot korxonasi”dir. Shuningdek, tadqiqotchi axborot agentliklarining axborot jamiyatida tutgan o‘rin, taraqqiyoti tendentsiyalari, eng yiri kaxborot agentliklari faoliyati va ularning ishlash printsipi haqida chuqur to‘xtaldi. Ularning tajribasini O‘zA axborot agentligiga joriy qilish masalasini ilgari surdi. Ilmiy kengash a’zolari tomonidan ilmiy ma’ruza iliq kutib olindi, savollar berildi hamda mulohazalar tinglandi. Tadqiqot ishining kamchiliklari ko‘rsatilib, takliflar berildi.

Bo'lishmoq: