08.02.2020 2567

“Dunyo bo‘ylab” telekanalidagi bebaho tajriba

Mana 2019-2020 o‘quv yilining 2-semestiri ham boshlandi. Har kuni O‘zJOKU talabalari yangi bilimlarni egallab, o‘z ustilarida ishlab, malaka oshirishmoqda.

2 kurs 211-guruh talabalari “Dunyo bo‘ylab” telekanalida ushbu telekanal redaktori va o‘qituvchisi, amaliyotchisi Gulyamova Feruza Alimovna boshchiligida amaliyot o‘tashmoqda. 2-kurs talabalari 5 oy davomida 20 dan ortiq ko‘rsatuvlarda ishtirok etishdi. Ular faqatgina amaliyot o‘tabgina qolmasdan, balki mustaqil o‘zbek, rus va xattoki ingliz tilida ham ko‘rsatuvlar olib borishmoqda. Talabalarning fikriga kelsak:

Rushana Aliakbarova: “Dunyo bo‘ylab” telekanalida ishlash men uchun katta tajriba bo‘ldi. Jurnalist Rustam Mamatov bilan birgalikda ingliz tilida ko‘rsatuv olib boryapmiz. Tabiatan uyatchang bo‘lishimga qaramasdan, efir vaqtida o‘zimni erkin his qilaman. Men bu bilan juda mamnunman.”

Kamola Mahmudomxadjayeva: “Lanshaft.uz loyihasini sur‘atga olish va dublyaj qilish jarayonida men ko‘rsatuv tayyorlash qonun-qoidalari bilan tanishdim, bu tizim qanday ishlashini angladim va nihoyat televizor ekranlarida o‘z qiyofamni ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ldim. O‘ylashimcha shu borada ortirayotgan malakam kelajakdagi kasbimda menga mustahkam poydevor bo’la oladi.”

Sarvinoz Nurmatova: “Ilk bor kamera va mikrofon qarshisidagi insonning his-hayajonini ta‘riflab bo‘lmaydi.

Buni ko‘ribgina his qilasiz. Ko‘rgan, eshitganlarimizni jarayonda ishtirok etkanimiz bilan taqqoslab bo‘lmaydi.”

Zuina Kadirova: “Dunyo bo’ylab” telekanalidagi “Focus” dasturida, ilk bor mehmon sifatida ishtirok etganimda qattiq hayajon bosgan edi. Uddalay olishimga ishonmagandim.

Dastur efirga chiqqanidan keyin qilgan xato, kamchililarimni ko‘rib, har yangi efirda ular ustida ishlab, tuzatishga harakat qilyapman.

Hozirda dasturni Rushana ikkimiz olib boryapmiz. Birgalikda o‘zimizni yanada hotirjam va erkin his qilamiz. Biroq hali ham hayajon meni tark etmagan.  Bu mening 4-eshittirishim, har safar yanada yaxshilanishga harakat qilaman. Umid qilamanki, muvaffaqiyatga erishaman.”

Vera Nagina: “Men o‘zimni “Globus” dasturining boshlovchisi sifatida sinab ko‘rdim va o‘zimni juda erkin his qildim. Shuni angladimki, televideniya men doimo ishlashni orzu qilgan joy. Menimcha hali hammasi oldinda.”

Bu faqatgina boshlanishi! Oldinda bizning talabalarni porloq kelajak kutyapti. Asosiysi aniq maqsad sari olg‘a qadam qo‘yishdir. Shu fursatdan foydalanib, barcha talabalarga muvaffaqiyat va cheksiz kuch tilaymiz!

Bo'lishmoq: