14.01.2020 2044

Elsevier kompaniyasining mintaqaviy direktori va O‘zbekistondagi koordinatori O‘zJOKUda

2020-yilning 14-yanvar sanasida O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida "Scopus" xalqaro ilmiy bazasidan foydalanish bo'yicha ilmiy-uslubiy seminar tashkil etildi.

Ma’ruzachilar sifatida "Elsevier"ning Markaziy Osiyo va Ozarbayjon bo‘yicha mintaqaviy direktori Aliya Ospanova va o‘tgan yilning dekabr oyida tayinlangan Elsevier kompaniyasining O‘zbekistondagi koordinatori Sanjar Atabaev nutq so‘zladi.

Seminarning asosiy maqsadi - professor-o‘qituvchilar, doktorantlar, yosh tadqiqotchilarni xalqaro jurnallarda, ilmiy to‘plamlarda maqolalarini nashr etishga tayyorlashning xalqaro talablari to‘g‘risida to‘liq va batafsil ma‘lumot berish.

Jurnalistika universiteti yosh bo‘lishiga qaramay, u o‘z oldiga muhim vazifani qo‘ydi: ikki yil ichida jurnalistika bo‘yicha dunyoning eng yaxshi 500 universiteti reytingiga kirish. Va ilmiy jurnallarning xalqaro jurnallarda chop etilishi ushbu vazifani samarali bajarilishiga yordam beradi.

Eslatib o‘tamiz, Elsevier dunyodagi to‘rtta yirik ilmiy nashriyotlardan biri bo‘lib, u har yili dunyoda nashr etiladigan ilmiy jurnallardan barcha maqolalarning chorak qismini nashr etadi.

Bo'lishmoq: