13.01.2020 2656

"G‘amxo‘rlik qil va mehr bilan ulash" aksiyasi

Ko‘chalar sovuq. Shu kunlar qor yogyapti. Tuman obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari "sariq jilet" kiyib, ko‘chalarni tozalashayapti, qor va yax kurab jonlarini jabborga berib ishlashayapti, ayniqsa ayollarga og‘ir. Ular ham kimningdir onasi, kimningdir qizi, yana kimningdir mehribon buvijonisi. Ularning oson bo‘lmagan zaxmatini ko‘rib yuragi bor odam bee’tibor o‘tib ketishining iloji yo‘q. Ular ko‘chalarni faqat bugun emas, kecha ham tozalashgan, ertaga ham tozalashadi. Ular “ahlatchi” emas, aslida ahlat qilayotganlar biz, ular tozalovchi, poklovchi. Shuning uchun ham ularga ozgina mehr berish va mehnatini ozgina qadrlash maqsadida Xalqaro press-klub va O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rahbariyati tashabbusi bilan AKSIYa e’lon qilindi.
 
Aksiyada siz o‘z xohishingiz bilan ishtirok etishingiz va ko‘chalarimizni obodqilayotgan "sariq jilet" kiygan hamyurtlarimizga qaynoq kofe yoki choy solingan termosni sovg‘a qilib ularning yuzidagi tabassumiga erishishingiz mumkin.
Balki 50-60 ming pulingiz ketar, lekin bilingki, ular shu termosdan qaynoq qaxva yoki choy ichganlarida, sizni eslab, qishning sovuq kunlarida qalbini isitadi, va ular duo qilishadi. Bu esa siz uchun savobli ish bo‘ladi.
Aktsiyaning maqsadi faqat qahva yoki choy tarqatish emas – ularga e’tibor qaratish, ahlat va chiqindilar, “бичок”, “баклажка”larni yerga tashlamaslikdir.
Bo'lishmoq: