12.11.2019 78

Huawei kompaniyasi va O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti: yangi hamkorlar

Bugun O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida Huawei kompaniyasining direktori o'rinbosari Vang Ke va kompaniyaning O'zbekistonda joylashgan vakolatxonasi korporativ aloqalar bo'yicha direktori Davron Azizov bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

Ma'lumki, Huawei jahondagi eng yirik telekommunikatsiya kompaniyalaridan biridir. Dunyo aholisining uchdan bir qismi uning innovatsion mahsulotlaridan foydalanadi.

Kompaniyaning O'zbekistondagi vakolatxonasi 1999-yilda tashkil etilgan. UZMOBILE AJ UZBEKTELECOM mobil aloqa milliy operatori tarmog'ining tashkil etilishi, shuningdek, yuqori tezlikdagi internet xizmatlari taqdim etadigan hududlarda UzMobile uyali aloqa tarmog'ining rivojlanishi Huawei tomonidan olib borilgan ishlarning biridir.

Universitet rahbariyati o'zaro hamkorlik to'g'risida taklif bilan chiqdi va kompaniya vakillari mamnuniyat bilan rozi bo'lishdi. Darhaqiqat, zamonaviy jurnalistikani IT-texnologiyalarisiz tasavvur etib bo'lmaydi. Negaki, bu ommaviy axborot vositalarining zamonaviy rivojlanishini belgilaydigan global jarayondir. Shuning uchun ham asosiy ish yuritish tamoyili zamon bilan hamnafas bo'lgan Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti yetakchi kompaniya bilan hamkorlik aloqalarini yo'lga qo'ymoqchi. Bu haqida sizga keyingi postlarimizda batafsil xabarlarni yetkazamiz. Bizni kuzatishda davom eting!

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
https://www.facebook.com/UzJOKU/
https://www.instagram.com/uzjoku.uz

Bo'lishmoq: