27.10.2019 3328

Insonning intellektual salohiyati uning yoshiga qaramaydi

Insonning intellektual salohiyati uning yoshiga qaramaydi.... Bunga yorqin misol tariqasida, 15-yoshli Hayotbek Rahimboyevni keltirsak bo'ladi.
"Hammasi shu yozning haroratli oylarida boshlandi... "Media oromgoh - 2019" seminarida ishtirok etdim. Tadbirda spiker sifatida Sherzodxon Qudratxo'jayev nutq so'zladilar. Qolaversa, ular turli xil savollar berib, bizning qobiliyatimizni sinab, salohiyat darajamizni o'zlari uchun bilib oldilar. Bergan savollariga mendan boshqa hech kim to'g'ri javob bera olmadi(nokamtarlikka yo'ymaysiz, degan umiddaman) Shundan keyin, ular meni Jurnalistlika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetiga taklif qildilar. Aynan bugun shu yerga kelish va ustozim bilan yana bir marta suhbat qurish nasib qildi. Ularga qimmatbaho vaqtlarini ayamasdan men uchun vaqt ajratganliklari, soha bo'yicha bergan maslahatlari hamda faol talabalarga universitet faoliyati bilan tanishtirib chiqqanliklari uchun o'z minnatdorchiligimni bildiraman" - deydi Hayotbek.

Endilikda Hayotbek "Mediatrend" o'quv markazi kurslariga qatnaydi hamda O'zbekiston jurnalistlika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetiga o'qishga kirish uchun qattiq tayyorgarlik ko'radi. Biz esa fursatdan foydalanib, abituriyentimizga ijodiy parvozlar va omad tilab qolamiz!

Bo'lishmoq: