05.11.2019 41

Kitob - bu muvaffaqiyatli kelajakning garovi

O‘zbekiston jurnalistlika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida ikkita yangi kitob chop etildi. Bu kitoblarning mualliflari N.F.Muratova va A.J.Matyakubov bo‘ladilar.

"Online-jurnalistika" deb nomlangan kitob haqiqatan ham aktualligi bilan ajralib turadi. Darhaqiqat, hozirgi tezkor rivojlanayotgan zamonda online-jurnalistikani o‘rni katta. Unga bo‘lgan talab odamlarlarda o‘sib bormoqda.
Shu bilan birga, jurnalistlikaning bu yo‘nalishi ham har qanday narsa singari o‘z kamchilik yoki muammoviy nuqtalarga ega. Shu kabi jihatlar ushbu kitobda o‘z aksini topgan.

Ikkinchi ya‘ni "Jurnalistikada axborot-kommunikatsiya texnologiyalari" deb nomlangan kitobda jurnalistika sohasiga yangi axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, media-dizayn sohasining xususiyatlari, robot jurnalistikasining rivojlanish tendensiyalari va media sohasi rivojining boshqa yo‘nalishlari yoritilgan.

Umuman olganda, jurnalistika haqida ko‘p gapirish mumkin. Shuning uchun eng yaxshi usuli - bu kitoblarning o‘zini mutolaa qilishdir. Ular tufayli bizning dunyoqarashimizni kengaytirishga va turli voqealarni tahlil qilish qobiliyatiga hissa qo‘shadi!

O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti matbuot xizmati rahbari.

 

Bo'lishmoq: