11.04.2020 2667

Konkurs: "Bir kuchmiz - birga yenggamiz"

Iqtidorga egamisiz?
Salohiyatingizni mard-u maydonda sinab ko‘rishni xohlaysizmi? Agarda javobingiz "Ha" bo‘lsa, biz sizni o‘z safimizga chorlab qolamiz.
Shuni mamnuniyat bilan e’lon qilmoqchimizki, O‘zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti Xalqaro jurnalistika va jamoatchilik bilan aloqalar fakulteti tomonidan "Bir kuchmiz - birga yenggamiz" shiori ostidagi yangi tanlovga start berildi. Tanlov ijodkor hamda jurnalistika sohasi bo‘yicha qobiliyatga ega bo‘lgan yoshlarning muddatidan avvalgi ta’til paytidagi vaqtlarini mazmunli tashkil etishga ko‘maklashish maqsadida tashkil etildi.

Ijodiy bellashuvga karantindagi hayot aks etgan, ijtimoiy-siyosiy tizimda virusni yengishga qarata ko‘rilayotgan chora-tadbirlar haqida axborotlar keltirilgan yoki ta‘til vaqti qanday o‘tayotganligi to‘g‘risida ma‘lumotlar taqdim etilgan ishlar qabul qilinadi.
Tanlov yo‘nalishlari:

• eng yaxshi video(rolik);
• eng yaxshi fotohikoya (suratlar jamlanmasi);
• eng yaxshi insho;
• eng yaxshi maqola;
• eng yaxshi post (telegram, facebook, instagramm ijtimoiy tarmoqlarida).

Har bir yo‘nalish bo'yicha 3 tadan g‘olib aniqlanadi. Yuqori o‘rinlarni egallagan sovrindorlarga maxsus diplom, statuetka hamda esdalik sovg‘alari topshiriladi.

Tanlovda ishtirok etmoqchi bo‘lgan nomzodlar ijodiy ishlarini ism-familiya, o‘qish va yashash joyi, telefon raqami keltirilgan ma’lumotlari bilan birgalikda quyidagi telegram manzillariga yo‘llashlari lozim:

@Rahkmatjovov_A
@Quyosh7

O‘z kuchingizga ishonasizmi? G‘oliblar safida bo‘lishni istaysizmi? Unda shoshiling, imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!

Bo'lishmoq: