08.02.2020 1689

Maqsad sari yana bir qadam

Bugungi kunda yurtimizdagi yangi, hali to‘laqonli shakllanib ulgurmagan PR ya’ni jamoatchilik bilan aloqalar yo‘nalishini kengaytirish, bu sohaga etuk, yosh, izlanuvchan kadrlarni etkazib berish, Prga qiziquvchi talabalarni birlashtirish va ularga professional mutaxassislardan mahorat darslarini olishlari uchun tashkil etilgan PR club bu safar O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi mehmoni bo‘ldi.
Dastlab O‘zSSPning faoliyati, palataning fidokor jamoasi va ularning qisqacha muvaffaqiyat hikoyalari bilan tanishuvdan boshlangan bu tashrif, har bir klub a’zosi uchun unutilmas va qimmatbaho ma’lumotlarga boy bo‘ldi.
Suhbatda O‘zSSP raisi Adham Ilhomovich Ikramov ham ishtirok etib, yoshlar ayniqsa Pr sohasi vakillari bilan uchrashayotganliklaridan mamnun ekanliklarini, Pr bugungi kunda eng kerakli, ammo og‘riqli nuqta ekanligi haqida aytib o‘tdilar.
O‘zSSP matbuot kotibi Dilfuza Ro‘zmetova palataning maqsadi, vazifalari, bajargan ishlari yuzasidan ma’lumot berish bilan birgalikda, PR uchun juda zarur bo‘lgan SMM texnologiyalari haqida ham alohida ma’ruza va taqdimot qilib berdilar.
Uchrashuv davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan, kun trendiga aylangan mavzular bo‘yicha savollarini berishdi va ochiq, haqqoniy javoblarga ega bo‘lishdi.
Esda qolarli tashrif so‘nggida, O‘zSSP raisi o‘rinbosari Fariz Usmonov PR club a’zolari uchun eshiklari doim ochiqligini, qo‘ldan kelgancha yordam berishga tayyor ekanliklarini alohida ta’kidlab o‘tdilar.
Samimiy ruhda o‘tgan suhbatda talabalar tajriba, yangi bilimlar, xolis fikrlar bilan birgalikda, O‘z SSP tomonidan tashkillashtirilgan esdalik sovg‘alariga ham ega bo‘ldilar.


Muxlisa Mamajonova
“PR club” majlislar va yig‘ilishlar
o‘tkazish bo‘yicha ma’sul

Bo'lishmoq: