02.05.2020 2152

Oliy ta’lim sohasi vakillari Sardobaga yetib borishdi

Xabaringiz bor, Sirdaryoda ro‘y bergan favqulodda vaziyat sababli hukumat komissiyasi tashkil etilgan edi. Vaziyatdan kelib chiqib, hukumat tomonidan ofat oqibatlarini bartaraf etish, aholiga har tomonlama yordam berish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.

1-may kuni viloyatga tashrif buyurgan Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev birorta xonadon, birorta odam e’tibordan chetda qolmasligini ta’kidlagan edi. Bugun, 2-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi topshirig‘iga ko‘ra, O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori, filologiya fanlari doktori, professor Ibrohim Yo‘ldoshev, Oliy va o‘rta maxsus ta’limi vaziri o‘rinbosari Sarvarxo‘ja Buzrukxonov, O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti prorektorlari Alisher Matyakubov va Begzod Mamadaliyevlar ayni daqiqalarda Sirdaryo viloyati Yangyer shahrida bo‘lib turishibdi. Ayni vaqtda ular aholining turmush sharoiti bilan tanishib, ular bilan muloqotlar olib borishyapti.

Bo'lishmoq: