05.07.2020 159

Onlayn konferensiya uchun maqola

O‘zJOKU iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish boʻlimi tomonidan “Mediada COVID- 19 sharoitida OAVda pandemiya turtki bergan oʻzgarishlar” nomli onlayn konferensiyasi oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

Onlayn konferensiyada quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha maqolalalar qabul qilinib, onlayn toʻplam yoʻlga qoʻyilishi rejalashtirilgan:

- siyosiy yoʻnalish;

- huquqiy yoʻnalish;

- iqtisodiy yoʻnalish;

- madaniy yoʻnalish;

- ijtimoiy yoʻnalish

Maqolalar oʻzbek, rus, ingliz, qoraqalpoq tillaridan birida 2020-yilning 15-iyul kuni soat 21:00 ga qadar, elektron shaklda zii.yakubova@gmail.com pochtasiga yoki @ziyosha_m telegram manziliga yuborilishi lozim.

Yuborilgan maqolalar tahrir hayʼati tomonidan koʻrib chiqiladi hamda faqatgina saralangan maqolalar mualliflariga xabar qilinadi. Tezis mualliflari 2 nafardan oshmasligi lozim.

Toʻplamga jurnalistika taʼlim yoʻnalishi iqtidorli talabalari, magistrantlar, mustaqil izlanuvchilar, doktorantlar, professor-oʻqituvchilar maqola topshirishlari mumkin.

Maqolalar konferensiya yoʻnalishlariga oid dolzarb mavzularda tugallangan fikrlarga asoslangan, savodli tahrir qilingan, amaliy taklif va tavsiyalar bilan taqdim etilishi lozim.

Maqola matni MS WORD matn muharririda, Times New Roman shrifti, 14 yozuv oʻlchami kattaligida, 1,5 intervalda boʻlishi va 3 betdan kam boʻlmasligi lozim;

Matnlar A4 hajmda, yuqoridan va pastdan 2sm, chapdan 3 sm, oʻzdan 1,5 sm joy qoldirilib rasmiylashtirilishi kerak;

  1. Tezisning nomi bosh harflar bilan yoziladi;
  2. Muallifning ismi familiyasi;
  3. Ilmiy daraja va unvoni hamda ish joyi;
  4. Faol elektron pochtasi telefon raqami;
  5. Annotatsiya, kalit soʻzlar.

Maqolani saqlashda yoʻnalish muallif familiyasi va yoʻnalish nomi yoziladi.(M: G.Elmuradova, Iqtisodiy)

 

Konferensiyada maqola yuborish, tartib – qoidalari:

Konferensiyaga taqdim etiladigan maqolalar uchun talablar:

Onlayn konferensiyaning barcha maqolalari “Mediada COVID- 19 sharoitida OAVda pandemiya turtki bergan oʻzgarishlar” toʻplamida chop etiladi. Shuningdek, maqolalar tanlovi ham yoʻlga qoʻyilgan boʻlib, unga koʻra eng yaxshi 3 ta maqola diplom bilan taqdirlanadi.

Konferensiya toʻplamiga topshiriladigan maqolalardagi maʼlumotlarning haqqoniyligiga muallif javobgar. Maqolalari qabul qilingan hamda toʻplamga kiritilgan ishtirokchilarga tadbir yakunida rasmiy elektron toʻplam universitet sayti (www.uzjoku.uz)ga qoʻyiladi.

Qoʻshimcha maʼlumotlar uchun:

+99897 722 02 47 (Gulxayo Elmuradova)

+99894 100 00 05 (Gulnoza Kasimova)

+99890 323 73 76 (Ziyoda Yakubova)

Bo'lishmoq: