16.01.2020 1540

O‘zJOKU professor-o‘qituvchilari Abdulla Qodiriy ijod maktabida

Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi bilan O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti o‘rtasida hamkorlik Memorandumi imzolandi. Haftaning har payshanba kuni Mahorat maktabi mashg‘ulotlarini o‘tkazish universitetimiz ixtiyoriga berildi. “Jadid adabiyoti va matbuoti” mavzusiga bag‘ishlangan ilk mahorat darslarini universitetning malakali professor-o‘qituvchilari, dotsentlar A.Nurmatov, N. Toshpo‘latova, L. Toshmuhamedova va o‘qituvchi Z. Bobojonovalar o‘tib berishdi.
Shu bilan birga jurnalistika va jurnalistik ijodga qiziquvchilarni aniqlab olish uchun anketa-so‘rovnoma ham o‘tkazildi. So‘rovnoma natijalariga ko‘ra har bir dars mavzusi belgilanib o‘quv rejalarini tuzishga kelishib olindi.

Bo'lishmoq: