20.04.2020 2717

O‘zJOKU rektorining talabalarga murojaati

Hurmatli talabalar! Bugun hatto meni ham o‘ylantirayotgan savollarni tafakkur qilishingiz uchun sizlarga yo‘llamoqdaman. Bu mavzu bo‘yicha birgalikda mushohada yuritib ko‘rishni taklif etaman. Siz ham o‘ylang va o‘z javoblaringizni yuboring.

Bu javob, istang, esse shaklida bo‘lsin, istang, maqola yoki ijtimoiy tarmoqdagi post shaklida bo‘lsin, mutlaqo farqi yo‘q. Muhimi, siz o‘zingiz ham fikr yuriting, o‘qigan odamni ham o‘ylantirib qo‘ying.

1. Pandemiya sharoiti va uning oqibatida yuzaga kelgan karantin davrida media tizimining qanday turlari rivojlanyapti va qaysi turlari inqirozga tushib qolgan? Buning sabablari nimada?

2. Jurnalistikaning qaysi janrlariga pandemiya sharoiti va karantin davrida talab yanada ko‘proq ortmoqda?

3. Bloger hamda jurnalistlarning jamiyatda o‘zini tutish va odob-axloq me'yorlari pandemiyagacha qanday edi-yu, karantin davrida bu borada nechog‘li o‘zgarish yuz berdi? Koronavirus tarqaguniga qadar odatiy bo‘lgan qanday holatlar bugun nojo‘ya ish sanalmoqda?

4. COVID-19 dan aholining zararlanishi va hatto qurbon bo‘lishi holatlarini davlatlarning siyosiy-iqtisodiy qurilishi doirasida solishtirib, tahlil qiling. Sizningcha, farqlarning sabablari nimada?

5. Pandemiyadan so‘ng siyosat hamda geosiyosat sohalarida qanday o‘zgarishlar ro‘y beradi?

6. Pandemiyadan so‘ng oliy va o‘rta maxsus hamda xalq ta'limi sohalarida qanday o‘zgarishlar ro‘y beradi?

7. Pandemiyadan so‘ng biznes, tadbirkorlik va ishbilarmonlik sohasida qanday o‘zgarishlar yuz beradi?

8. Karantin davridagi o‘zini-o‘zi izolyatsiyalash sharoitida siz o‘zingiz uchun kelgan beshta xulosani ayting.

Bo'lishmoq: