21.05.2020 2071

Ko‘rik-tanlovda ishtirok eting va pul yutib oling!

O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti tashkil etilganiga 2 yil to‘lgani munosabati bilan talabalar o‘rtasida "Mening universitetim" mavzusidagi eng yaxshi insholar tanlovini e’lon qiladi.

Insho quyidagi mavzularni o‘z ichiga olishi mumkin: Talabaning universitetga kirish tarixi, ushbu ta’lim maskanini tanlashining asosiy sababi, universitet bilan bog‘liq barcha xotiralar yoki O‘zJOKUning 2 yillik hayotiga bag‘ishlangan har qanday mavzu (bosma va media-formatda bo‘lishi mumkin - bu talabaning xohishiga bo‘g‘liq) aks etishi mumkin.

Ijodiy ishlar o‘zbek, rus va ingliz tillarida 2020-yilning 26-may sanasigacha qabul qilinadi.

Belgilangan muddatdan keyin jo‘natilgan ishlar ko‘rib chiqilmaydi.

Talabalar materiallarni elektron pochta orqali quyidagi manzilga yuborishlari mumkin: pressservice.jmcu2018@gmail.com

Ko‘rik-tanlov natijalari 28-may kuni universitetning ikki yilligiga bag‘ishlangan kunda onlayn ravishda bo‘lib o‘tadigan  tadbir davomida e’lon qilinadi. Eng yaxshi deb topilgan jurnalistik material universitetning rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi.

G‘oliblar quyidagi pul mukofotlari bilan taqdirlanadilar:

 

1-o‘rin: 1 000 000 so‘m;

2-o‘rin: 750 000 so‘m;

3-o‘rin: 500 000 so‘m

 

Qolaversa, 11-apreldan 25-aprel sanasiga qadar "Bir kuchmiz - birga yenggamiz" shiori ostida onlayn tarzda o‘tkazilgan respublika ko‘rik-tanlovining g‘oliblari ham 28 may kuni e’lon qilinadi.

Imkoniyatni boy bermang va pul yutuqlaridan birining egasi bo‘ling!

Bo'lishmoq: