05.12.2019 3809

Qanday qilib sport sharxlovchisi bo‘lish mumkin: Davron Fayziyevdan qiziqarli sirlar

O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetidagi har bir kun qiziqarli voqealar va uchrashuvlar bilan boydir. Har kuni bu yerda tajribali, taniqli odamlar bilan uchrashuvlar bo‘lib o‘tadi. Ular esa o‘zlarining muvaffaqiyat sirlari va bilimi bilan talabalar bilan bo‘lishishadi. Shunday ijodiy uchrashuvlardan biri kuni-kecha taniqli va iqtidorli sport sharxlovchilari Davron Fayziyev va Diyor Imomxojayev ishtirokida bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida mamlakatimizdagi sport, ayniqsa futbolning bugungi holati va ushbu sport turini rivojlantirish bo‘yicha qanday choralar ko‘rilayotgani haqida so‘z bordi.
Bundan tashqari, sport jurnalistikasi alohida yo‘nalish sifatida ham muhokama qilindi. Sport sharhlovchi qanday ko‘nikmalarga ega bo‘lishi kerak? Qanday fazilatlar unga xosdir? Usbu savollar ijodiy uchrashuv davomida ko‘tarildi.
Talabalar juda ko‘p foydali ma‘lumotlarga ega bo‘lib, kerakli xulosalar qildilar. Ishonchimiz komilki, bizning universitet talabalari orasida ham qahramonlarimiz kabi munosib mutaxassislar yetishib chiqadi!

Bo'lishmoq: