12.02.2020 1207

Samarali natijaga yo‘l

Britaniya Kengashi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi bilan hamkorlikda 2019-yil sentyabr oyida yangi EMI (English as a medium of instruction) yo‘nalishlardagi fanlar va modullarni ingliz tilida o‘qitish tajribasini rivojlantirish, bu sohadagi strategiyalarni ishlab chiqish, fan o‘qituvchilariga o‘quv va baholash materiallarini ingliz tilida yaratish dasturlarini ishlab chiqqan. Bilamizki, ingliz tili kundan kunga rivojlanib, muhim ahamiyatgа ega bo‘lib bormoqda. Shu sababli fanlarni ingliz tilida o‘tish zamon talablaridan biri bo‘lib qolmoqda.

Shu o‘rinda, O‘zbekiston jurnalistlika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti professor-o‘qituvchilari 3 kun davomida fanlarni ingliz tilida o‘qitish ko‘nikmalarini oshirib kelishdi. Endilikda darslar va o‘quv qo‘llanmalari yanada kreativ va yoshlarbop bo‘lishiga aminmiz!

Bo'lishmoq: