22.05.2020 40

O‘zJOKU yaqinda 2 yoshga to‘ladi!

Qadrli do‘stlar! 24-may kuni Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti 2 yilga to‘ladi! Bunday ajoyib kun sharafiga:

Universitetimiz ma’muriyati tashabbusi bilan Xurshid Do‘stmuhammadning "Jurnalist bo‘lmoqchimisiz?" kitobi katta adadda qayta chop etildi.

23-may kuni "Onlayn medianing rivojlanish tendensiyalari va ommaviy axborot vositalarining transformatsiya jarayoni" mavzusidagi respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tadi;

Universitet giftshopi tashkil etildi. Endi siz uydan chiqmagan holda buyurtma berishingiz mumkin. Mahsulotlar va ularning narxlarini maxsus katalogda topishingiz mumkin bo‘ladi;

"Mening universitetim" mavzusidagi eng yaxshi jurnalistik materiallar ko‘rik-tanlovi e‘lon qilindi. Ijodiy ishlar 2020-yilning 26-may sanasigacha qabul qilinadi. G‘oliblar esa pul mukofotlari bilan taqdirlanadilar.

Bu hali hammasi emas. Yangiliklarimizni universitet veb-sayti, shuningdek ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizda kuzatishda
davom eting!

Bo'lishmoq: