30.11.2019 1161

Xorijiy mamlakatlar bilan aloqa

Ta‘lim tizimi doimiy isloh etishni, zamon talablariga monand o'zgarishlarni talab etadi. Yangilanishlar esa nafaqat mamlakat doirasida, balki, dunyo miqyosidagi tajribalar asosida tashkil etilishi kerak.
O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rahbariyati aynan shularni nazarda tutgan holda 2019-yil davomida jurnalistika sohasidagi jahonning ilg'or davlatlariga tashrif buyurdi.

Jumladan,
17-23 aprel kunlari universitet rektori boshchiligidagi delegatsiya Janubiy Koreyaning Syungkyukvan, Kukmin, Koreya milliy universitetida bo'lib qaytishdi. Tashrifdan maqsad Koreyaning jurnalistika sohasidagi yutuqlari bilan tanishish, tajriba almashishdan iborat. Tashrif yakunida yuqorida nomi keltirilgan universitetlar bilan hamkorlik memorandumi imzolandi.

Universitetning o'quv va tarbiyaviy ishlar bo'yicha prorektori Alisher Matyakubov 22-27 aprel kunlari Forumda ishtirok etish, sohadagi tajribalarini o'rganish maqsadida Xitoyning Sinxua agentligida bo'ldilar va natijada agentlik bilan aloqalar o'rnatildi.

21-25 may kunlari Ilmiy ishlar va innivatsialar bo'yicha prorektor Nozima Muratova Belarussiya universitetiga bordilar. Maqsad: sohadagi yangiliklarni o'rganish va uni universitetda tatbiq qilishdan iborat

26-30 may kunlari Nozima Muratova 2-safarga otlandilar. Endigi manzil: Germaniyaning "DW akademiyasi" Safardan ko'zlangan maqsad DW akademiyasi bilan hamkorlik memorandumi imzolash, kreativ g'oyalarni o'rganish. Yakun kutilgandek bo'ldi, memorandum imzolandi! Sentabr-noyabr oylarida hamkorlikda "Jurnalistlar maktabi"tashkil etildi

Bo'lishmoq: