09.12.2019 3172

Yana bir og‘ir yoqotish

8-dekabr kuni O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist, Abduvali Qutbiddin 59 yoshida vafot etdi. Ma’lumotlarga qo‘ra, o‘limidan 2 hafta oldin kasali sababli kasalxonada davollangan. Abduvali Kutbiddin yaxshi shoir sifatida ham taniqlidir.

1960 yil 20 iyunda Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida tug‘ilgan. Uning ota-onasi aslida Toshkentlik bo‘lib, Shayxontoxur mahallasidan, Xo‘ja Axror Valiy avlodiga mansub kishilar edi.

1978 yili Toshkent Davlat universitetining jurnalistika fakulьtetiga o‘qishga kirib, 1983 yilda tamomlagan. Samarkand viloyati gazetasida xizmat qilgan. 1985 yildan esa ona shahri Toshkentga kelib, G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyotida muharrir bo‘lib ishlaydi. 1990 yilda «Yozuvchi» nashriyoti tashkil bo‘lgach, avval etakchi muharrir, so‘ng bosh muharrir bo‘lib xizmat qilib keladi.

O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti Abduvali Qutbiddinning yaqinlari, qarindoshlari va hamkasblariga samimiy hamdarligini bildiradi.

Bo'lishmoq: