20.07.2020 2556

O‘zJOKUga 2020-2021-o‘quv yili uchun nechta abituriyent hujjatini topshirdi?

Hurmatli abituriyentlar!

Bizga bo‘lgan ishonch va bildirilgan qiziqishingiz uchun O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rahbariyati va administratsiyasi o‘z minnatdorchiligini bildiradi.

Bizni quvonchga to‘ldiradigan fakt shundaki, bu yilning o‘zida universitetimizning bakalavr yo‘nalishiga 2000 dan ziyod abituriyent ro‘yxatdan o‘tdi. Ya’ni, 20-iyul soat 18:00-holatiga ko‘ra, abituriyentlar soni 2581 nafarni tashkil etmoqda. Aminmizki, soat 00:00 ga qadar abituriyentlar soni yanada oshadi.

Ma’lumot uchun: 2018-yilda jami abituriyentlar soni 924 nafarni tashkil etgan, 2019-yil esa - 996 abituriyent o‘z hujjatini O‘zJOKUga topshirgan.

Barcha abituriyentlarga omad va sabr tilab qolamiz! O‘zJOKU - maqsad sari yana bir qadam!

Bo'lishmoq: