29.06.2020 1744

“Zamonaviy jurnalistika muammolari va ta’limi” mavzusidagi ma’ruza-suhbati

Navbahor Imamova - "Amerika Ovozi"ning yetakchi multimedia jurnalisti. "Amerika Manzaralari" turkumidagi teledasturlar muallifi. Ko‘rsatuvlar taqdim etish bilan birga prodyuser, muxbir va muharrir. O‘zbekistonda akkreditatsiyadan o‘tgan yagona amerikalik jurnalist. "Amerika Ovozi"da 2002-yildan beri ishlaydi.

O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti talabalari uchun “Amerika ovozi” (AQSh) xalqaro media yangiliklar tashkiloti jurnalisti Navbahor Imamovaning “Zamonaviy jurnalistika muammolari va ta’limi” mavzusidagi ma’ruza-suhbati 30.06.2020 sana soat 09:00 da ZOOM platformasi orqali bo‘lib o‘tadi.
Moderator: “PR va xalqaro kommunikatsiya” kafedrasi o‘qituvchisi, “O‘zbekistonda xorijiy tillar” fledu.uz nomli elektron jurnal va internet portali direktori - Shukurova Gulmira Rustamovna

Bo'lishmoq: