Qabul-2018

O`zbekiston Jurnalistika va Ommaviy Kommunikatsiyalar universitetiga 2018 – 2019 o`quv yili uchun qabul e`lon qilindi

 

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 24 may 2018 yil qabul qilingan “O`zbekiston Respublikasi Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar  universitetini tashkil etish to`g`risida”gi qaroriga asosan o`z faoliyatini boshlagan O`zbekiston Respublikasi Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti 2018-2019 o`quv yili uchun bakalavr ta`lim yo`nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo`yicha qabul e`lon qiladi. Universitetga umumiy o`rta ta`limni (11-sinf bazasida) tamomlaganlik to`g`risida shahodatnoma (attestat) yoki akademik litsey, kasb-hunar kolleji diplomiga ega bo`lgan fuqarolar tanlov asosida qabul qilinadi.