13.03.2020 2682

"Rossiya va xorijiy davlatlarning ommaviy axborot vositalari" nomli xalqaro konferensiya to‘g‘risida

Hurmatli do‘stlar!

Rossiya Federatsiyasi Xalqlar do‘stligi universitetining jurnalistika nazariyasi va tarixi kafedrasi bilan 2020-yil 15-aprelda,  Moskvada bo‘lib o‘tadigan "Rossiya va xorijiy davlatlarning ommaviy axborot vositalari: global va milliy" xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiyasini o‘tkazishga tayyorgarlik doirasida samarali hamkorlik qilgani uchun samimiy minnatdorchiligimizni bildiramiz. Sizga shuni ma’lum qilamizki, Moskva merining 2020-yil 5-martdagi 12-sonli "Yuqori tayyorgarlik rejimini joriy etish to‘g‘risida" gi buyrug‘i va Rossiya Federatsiyasi Xalqlar Do‘stligi universiteti rektorining 2020-yil 6-martdagi 350-sonli "Koronavirus infeksiyasining oldini olish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida" 2020-yil 10-martdan barcha xorijiy davlatlarga akademik mobillik va boshqa dasturlar doirasida talabalar va o‘qituvchilarning faoliyati to‘xtatildi, chet ellik o‘qituvchilar va talabalarni qabul qilish vaqtincha cheklatildi.

Shuning uchun, bizning ilmiy-amaliy tadbirimiz formati faqat videokonferensiya rejimida taqdim etiladi. Onlayn ishtirok etish rejimida konferensiya ma’lumotlari, shuningdek, kirish kodi barcha ro‘yxatdan o‘tgan ishtirokchilarga qo‘shimcha ravishda yuboriladi. Nashr qilingan anjuman materiallari to‘plami barcha ishtirokchilarning talabiga binoan yuboriladi. Sizni tushunganingiz uchun minnatdormiz va ilmiy va ta’lim aloqalarimiz yanada rivojlanib, hamkorlikning yangi pog‘onasiga ko‘tarilishiga umid qilamiz.

Bo'lishmoq: