O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti Xorijiy tillar kafedrasi AQSH elchixonasi TOSHKENT grantlari dasturi g‘olibi bo‘ldi.
Ushbu grant doirasida O‘zJOKUning barcha talabalari, magistrantlari va doktorantlari uchun ingliz tilida “Developing English writing skills at upper-intermediate level” (Ingliz tilida yozish ko‘nikmalarini rivojlantirish) o‘quv kurslari tashkil etiladi. Kursda tahsil olish uchun Xorijiy tillar kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan joriy yilning 25-sentabr kuni soat 14:00 da 302-o‘quv xonasida (yozma insho, og‘zaki suhbat) tashkil etiladigan maxsus imtihondan o‘tish kerak bo‘ladi.
Asosiy talab – ingliz tilida mukammal gaplashish. Suhbat va yozma topshiriqdan muvaffaqiyatli o‘tgan 24 taga yaqin talaba oktabr oyidan boshlab, ushbu o‘quv kursida 6 oy bepul o‘qish imkoniyatini qo‘lga kiritadi.
O‘quv kursi natijasiga ko‘ra, talabalar berilgan mavzular bo‘yicha o‘zlarining jurnalistik mahoratlarini xorijiy OAVda e’lon qilishlari zarur bo‘ladi. Kursni muvaffaqiyatli yakunlagan talabalarga maxsus sertifikat taqdim etiladi.
O‘quv kursida tahsil olmoqchi bo‘lgan nomzodlar universitetning Xorijiy tillar kafedrasi (307-xona)ga murojaat qilishlarini so‘raymiz!