18.02.2019 1208

Bugun O'zJOKU da Maryana Valerievna Yagodkina ishtirokida online ma'ruza bo'lib o'tdi.

 Bugun O'zJOKU da A.S.Pushkin nomidagi Leningrad Davlat universiteti "Reklama va ommaviy kommunikatsiyalar" kafedrasi mudiri, filologiya fanlari doktori Maryana Valerievna Yagodkina ishtirokida online ma'ruza bo'lib o'tdi. "Yolg'on axborotlar bilan kurashda zamonaviy PR texnologiyalarning roli" mavzuida o'tkazilgan online ma'ruzada universitet talabalari va professor-o'qituvchilari ishtirok etdilar. Ma'ruza qiziqarli faktlar, ma'lumotlarga boy tarzda, ma'ruzachi va auditoriya o'rtasida muloqot shaklida o'tkazildi.
Online ma'ruzaning taqdimoti bilan talabalarimiz telegramdagi rasmiy kanalimiz orqali yana bir bor tanishishlari mumkin.

Bo'lishmoq: