22.05.2022 305

Dam olish kunlari uchun tavsiya

Dam olish kunlarida talaba-jurnalistlarimizga milliondan ortiq nusxalari sotilgan “Atom odatlar”, “Odatlarning kuchi” va “Muvaffaqiyatli insonlarning 7 ko‘nikmasi” kitoblarini tavsiya qilamiz.

“Atom odatlar (Atom habits, Атомные привычки)” kitobi kichkina odatlar qanday qilib katta muvaffaqiyatga olib kelishini o‘rgatadi. Kitob orqali qanday qilib irodasizlikni yengishni, atrof-muhitingizni muvaffaqiyatga erishishni osonlashtiradigan qilishda nimalar kerakligini va bir yil ichida qanday qilib katta natijaga erishishni bilib olishingiz mumkin.

“Odatlarning kuchi. Nega biz boshqacha emas, aynan shunday yashaymiz? (The Power of Habit, Власть привычки)” kitobida har bir odatimiz qanday shakllangani haqida so‘z boradi. Pulitser mukofoti laureati Charlz Daxigg oxirgi yillardagi ilmiy tadqiqotlar va hayotiy misollar bilan odatlaringiz sizga qanchalik katta ta'sir ko‘rsatishini isbotlab bergan.

“Muvaffaqiyatli insonlarning 7 ko‘nikmasi (The 7 Habits of Highly Effective People, Семь навыков высокоэффективных людей)” kitobidan yuqori natijaga erishgan insonlarni bog‘lab turadigan yetti odat haqida bilib olasiz. Kitobni o‘qib tugatganingizdan so‘ng siz ham o‘zingizda ushbu odatlarni paydo qila olasiz.

Bo'lishmoq: