Dunyo yangilanishlar va o’zgarishlar davrini boshdan o’tkazmoqda, o’rta asrlarda vujudga kelgan sivilizatsiya atamasi, kunlarimizning asosini tashkil etayotgandek. Dunyomizda yangiliklar oqimi shunchalar shiddatliki, bir soat oldin e’lon qilingan yangilik bilan insonlarni jalb qilish juda mushkul. Bu shiddatkor yangilanishlar oqimidan mamlakatimiz ham chetda turgani yo’q. Oliy majlisga qilingan Murojaatnomada ta’kidlanganidek, yaxshi niyat bu yarim erishilgan g’alabadir. O’zbekistonimizning Harakatlar strategiyasi asosida bosib o’tayotgan yo’li, dunyo matbuotini ham o’ziga jalb qilmoqda. Germaniyaga uyushtirilgan davlat tashrifi munosabaati bilan nemis matbuoti xususan, kundalik gazetalar ‘’O’zbekiston dunyoga eshik ochmoqda’’ deya maqola chop etdi deb xabar beradi uza.uz nashri. Bundan tashqari yaqinda joriy qilingan 40 nafar xorijiy davlat fuqarolariga erkin viza tizimi ham dunyo matbuotining nazaridan chetda qolmadi. Xususan, The Indapendent nashri eksperti Simon Calderning 19 yanvarda e’lon qilingan “How should I take in Uzbekistan” maqolasida, O’zbekistonning turizm salohiyati va imkoniyatlari batafsil keltiriladi. Simon, Toshkent, Samarqand, Buxoro shaharlari haqida yozar ekan, Afrosiyob poyezdini, Registon maydonini hamda Chorsu bozorini alohida keltirib o’tadi.
Yana New Yorker nashrining jurnalisti Jill Lepore bugun ertalabdan, “Does Journalism have a future” ya’ni jurnalistikaning kelajagi bormi degan maqolasini e’lon qildi. Unda jurnalist nashrlarni egallayotgan “fake” xabarlar, jurnalistlar qog’oz nashlarni saqlab qola oladimi degan masalalarda o’z fikrlarini e’lon qiladi.
Dunyo bizga xayrihoh ekan, biz ham unda bo’layotgan voqealarni nazarimizdan chetda qoldirmaymiz!
Nozimabonu Sherbekova tayyorladi.