19.02.2021 1575

Gavhar ZOKIROVA bilan ijodiy uchrashuv

O‘zbekiston Jurnalistlika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artisti, teleboshlovchi, buyuk jadid bobomiz Abdulla AVLONIYning chevarasi Gavhar ZOKIROVA bilan talabalarning ijodiy uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Mehmon Abdulla Avloniyning hayot yo‘li, bugungi kungacha saqlanib qolgan ijodiy faoliyati va merosi haqida so‘zlab berdi.  Shuningdek, talabalar jurnalistika bilan bog‘liq savollar berish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Oson va erkin muhitda bo‘lib o‘tadigan bunday uchrashuvlarni tashkil etish talabalarni ilhomlantiradi, bu esa o‘z o'rnida ularning ijodiy rivojlanishida samarali aks etadi.

Bo'lishmoq: