01.07.2024 3393

Ijodiy imtihonlar sanasi ma'lum bo'ldi

O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetiga hujjat topshirgan abituriyentlar diqqatiga!

2024/2025-o‘quv yili uchun O‘zJOKUda ijodiy imtihonlarni o‘tkazish jadvali bilan tanishing. Ijodiy imtihonlar tanlangan Jurnalistika (faoliyat turlari bo‘yicha) hamda Axborot xizmati va jamoatchilik bilan aloqalar bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun 2024-yil 5-6 iyul kunlari tonggi 7:00 dan boshlanadi.

Eslatma: Abituriyentlarni imtihon bo‘ladigan binoga kiritish vaqti 6:45 da tugaydi. Shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID karta) bilan kelishingiz zarur. Uni o‘rnini bosuvchi hujjat nusxasi qat'iyan taqiqlanadi. Kechikkan abituriyentlar binoga kiritilmaydi.

Ijodiy imtihonga hujjat topshiruvlar ro'yxati bu yerda

Izoh: J - Jurnalistika (faoliyat turlari bo‘yicha) ga topshirgan abituriyentlar ro'yxati

AX - Axborot xizmati va jamoatchilik bilan aloqalar bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga topshirgan abituriyentlar ro'yxati

D - Mediadizayn yo'nalishiga topshirgan abituriyentlar ro'yxati

Bo'lishmoq: