17.10.2023 1295

"Innoweek 2023"

Bugun “Innoweek 2023” haftaligi doirasida O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida 3 qismdan iborat loyihalar taqdimoti o‘tkazildi.

Tadbirda ishtirok etgan mutaxassislar tomonidan ta’lim jarayonlarida sun’iy idrokning bugungi kundagi o‘rni, uni qay maqsadlarda ishlatish zarurligi aytib o‘tildi.

Yaqin kelajakda sun’iy idrok rivojlanib borgani sari insonlarning ishga bo‘lgan ishtiyoqi qay darajada bo‘lishi yuzasidan talabalar bilan fikr almashildi.

Shu bilan birga talabalar o‘zlari ishlab chiqqan loyihalari bo‘yicha konferensiyada ishtirok etishdi. Tadbirning norasmiy qismida "Teflomedia" audio-jurnali, "Zarra" ilmiy tadqiqot labaratoriyasi va "Miyoviddin Mirza" loyihalari haqida ma’lumot berildi.

Bo'lishmoq: