20.10.2023 242

“InnoWeek-2023” innovatsion g‘oyalar haftaligi rasmiy yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi

“Kreativ ta’lim va innovatsiya – Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining asosi” shiori ostidagi to‘rt kun davom etadigan “InnoWeek-2023” innovatsion g‘oyalar haftaligi o‘z nihoyasiga yetdi.

Haftalikning rasmiy yopilish marosimi “Alpomish” muz saroyida bo‘lib o‘tdi. Tadbirni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov kirish so‘zi bilan ochib, kelganlarni samimiy qutladi.

Tantanali yopilish marosimida haftalik doirasida faol ishtirok etgan xorijiy va mahalliy tashkilotlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari, oliy ta’lim muassasalari matbuot kotiblari, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlarda o‘tkazilgan tadbirlardagi ishtiroki uchun “Eng faol oliy ta’lim muassasasi” nominatsiyasi hamda fan va innovatsiyalar bo‘yicha turli tanlov g‘oliblari taqdirlandi.

 

Bo'lishmoq: