05.12.2019 2636

Inson kamoloti, baxti va farovonligi qomusi

Mana mustaqil O‘zbekistonning asosiy bayramlaridan biri - asosiy qonunimiz, ya’ni O‘zbekistonning Konstitutsiyasi qabul qilingan kun yaqinlashmoqda. Ushbu qonun hujjati huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatimizni barpo etishga imkon berdi.

Talabalarning ushbu tadbir haqidagi bilimlarini kengaytirish maqsadida O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida O‘zbekiston Respublikasi Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman), "Nuroniy" gazetasi va "Karilik gashti" jurnalining bosh muharriri Ulug‘bek Muhammadiev bilan uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvning mavzusi: "Inson huquq va erkinliklarini kafolatlashda Konstititutsiyaning ro’li".

Amaliyot shuni ko‘rsatadiki, mamlakat hayotining barcha sohalarini isloh qilish va demokratlashtirish jarayoni bir martalik vazifa emas, balki uzluksiz davom etadigan jarayon bo‘lib, uning asosiy maqsadi Konstitutsiyaning barcha tamoyil va qoidalarini amalga oshirish, mamlakatning yanada ravnaq topishiga xizmat qiladi.

Asosiy qonunda O‘zbekistonning asosiy maqsadi nafaqat demokratik huquqiy davlat, balki adolatli jamiyat qurish ham belgilangan.

Mamlakatimiz Konstitutsiyasi fuqarolarning shaxsiy, siyosiy huquqlarining real mexanizmlari va kafolatlarini mustahkamlaydi. Ushbu qoidalarning hayotga tatbiq etilishi fuqarolik institutlari, ommaviy axborot vositalarining mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim vazifalarini hal etish, jamiyatdagi fikrlar xilma-xilligini ta’minlash, fuqarolarning ijtimoiy va mehnat huquqlarini himoya qilishdagi rolini kuchaytirishda sifat jihatidan yangi bosqichni belgilab bergan zarur huquqiy bazani yaratishga yordam beradi.

Bundan tashqari, uchrashuv davomida bu yilgi 22 dekabr sanasida bo‘lib o‘tadigan saylovlar haqida so‘z bordi.

"Mustaqillik yillarida O‘zbekistonning saylov qonunchiligi izchil evolyutsion shakllanish va rivojlanish yo‘lini bosib o‘tdi. Jamiyat hayotining barcha sohalarini liberallashtirish va modernizatsiya qilish natijasida davlatimiz rahbari "O‘zbekiston Respublikasining Saylov kodeksini tasdiqlash to‘g‘risida"gi qonunga imzo chekdi, - dedi Ulug‘bek Nasriddinovich. “Ushbu Kodeks orqali eng yuqori demokratik talablarga javob beradigan zamonaviy saylov tizimi yaratildi. Fuqarolarning iroda erkinligi, har kimning davlat hokimiyati vakillik organlariga erkin saylanish huquqi kafolatlariga javob beradigan samarali huquqiy va me’yoriy baza shakllandi".

Talabalar bu yilgi saylovlar va umuman olganda Konstitutsiyamiz bilan bog‘liq ko‘plab savollarni berishdi va ularga munosib tarzda javob olishdi. E’tiboringizga uchrashuvdan bo‘lgan  fotoreportajni taqdim etamiz!

Bo'lishmoq: