06.12.2019 1403

Jurnalistika universitetida navbatdagi ijodiy uchrashuv

2019 yilning 4 dekabrida O‘zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti Harbiy jurnalistika yo‘nalishi 105 va 106-guruh talabalari bilan Mudofaa vazirligi Bosh shtabi bo‘lim boshliqlari podpolkovnik Aleksandr Gafurov, podpolkovnik Dilmurodbek Tojiboev hamda Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti boshlig‘ining o‘rinbosari podpolkovnik Alisher Boboxonov, departament xodimlari mayor Gulnora Hojimurodova, katta leytenant Aziz Norqulov, Mavjuda Almanovalar ishtirokida ijodiy uchrashuv o‘tkazildi.
Tadbirda Mudofaa vazirligi xodimlari bo‘lg‘usi harbiy jurnalistlarga soha bo‘yicha bilim, tajriba va ko‘nikmalar berishdi. Harbiy jurnalist uchun zarur bo‘lgan jihatlar, muhim vazifalar xususida to‘xtalib o‘tishdi. Shuningdek, tajribali harbiy jurnalistlar ularga o‘ziga xos mahorat maktabi saboqlarini berdilar.
Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti xodimlari mazkur uchrashuvni tasvirga hamda fotoga olishdi.
Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan javoblar olishdi.
Bunday ijodiy uchrashuvlar talabalarda tanlagan kasbiga bo‘lgan muhabbatni yanada shakllantirib, nazariy bilimlarini amaliyotda mustahkamlashda, tajribali mutaxassislardan o‘rganish va saboq olishda, harbiy matbuot bilan hamkorlikni yanada rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Media nazariyasi va amaliyoti kafedrasi o‘qituvchisi A.Safarov

Bo'lishmoq: