17.03.2023 430

Kasting yakunlandi. Tez kunda mualliflik kliplari e’lon qilinadi

Xabaringiz bo‘lsa, universitet ovoz yozish studiasida kasting bo‘lishi haqida aytib o‘tgan edik.

14-martdan 17-martgacha qo‘shiq aytishga ixlosmand talabalarning 20 nafardan ortig‘i tanlovda ishtirok etishdi. Jurnalistika sohasida tahsil olishiga qaramay yoqimli ovozi bilan kastingda faollik ko‘rsatganlar ham anchagina topildi.

Ayni paytda ishtirokchilarning ijodiy ishlari yig‘ilib baholash jarayonlari bo‘lib o‘tmoqda. Natijalar tez kunda e’lon qilinadi. Biz sizga tanlov g‘olibini o‘z qo‘shig‘i bilan birga tanishtirib o‘tamiz.

Bo'lishmoq: