10.06.2021 953

“Mahallabay” dasturi amalda!

Bugun O‘zJOKUning “Xorijiy tillar” kafedrasi o‘qituvchilari “Adolat” mahallasida bo‘ldilar. “Mahallabay” dasturi doirasida universitetga biriktirilgan mahallalar bilan ko‘plab sohalarda ish olib borilmoqda va bugungi tashrif ingliz tili bo‘yicha bo‘lib o‘tdi. Unda kafedra o‘qituvchilari ingliz tiliga qiziqqan mahalla fuqarolari bilan mashg‘ulot olib bordilar hamda xorijiy tillarni oson o‘rganish bo‘yicha turli metodikalar bilan ularni tanishtirdilar. Til o‘rganish istagida bo‘lgan mahallaning yoshi katta fuqarolari universitetning bu tashabbusidan juda shod bo‘lishdi.

Bo'lishmoq: