11.05.2021 1963

“Ma’rifat maydoni” respublika tanlovida ishtirok eting

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Yoshlar ishlar agentligi va O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tanlov e’lon qiladi!

Talabalar-yoshlar o‘rtasida atoqli adiblar va mutafakkirlarimiz ijodiy merosini keng targ‘ib qilish, ularning adabiyotga qiziqishlarini yanada oshirish, ularga o‘z iqtidorlarini namoyish etish uchun imkoniyat yaratish maqsadida “Ma’rifat maydoni” respublika tanlovi (keying o‘rinlarda - Tanlov) o‘tkaziladi.

Tanlovda universitetimizning barcha iqtidorli talabalari ishtirok etishlari mumkin.

Tanlovda ishtirok etish uchun nizom talablari asosida talabalar quyidagi shartlar asosida bellashadilar:

 

1-shart. “Adib hayoti” - Adiblar xiyobonida o‘rnatilgan atoqli shoir va adiblaming haykallari siymolari tasvirlangan, ushbu adiblardan 1 nafarini jamoalar o‘zi tanlagan holda hayoti va ijodini chuqur o‘rganish, ularning ibratli umr yo‘llarini mukammal ko‘rsata olish, sahna ko‘rinishlari hamda ko‘rgazmali tarzda taqdimot shaklida namoyish etishlari shart. Ushbu shartga 10 daqiqa vaqt beriladi va 10 ballik tizimda baholanadi.

 

2-shart. “Tezkor savol-javob” - Har bir jamoaga Hakamlar hay’ati tomonidan Adiblar xiyobonida haykallari o‘rnatilgan atoqli shoir va adiblaming hayoti va ijodidan 10 tadan savol o‘ylash va javob berish uchun jamoa har bir ishtirokchisiga 30 soniyadan vaqt ajratiladi. Hamkor tashkilotlar vakillaridan iborat ishchi guruh tomonidan tuzilgan savollar majmuasi konvertga solib, muhrlanadi va tanlov jarayonida jamoa sardori tomonidan ochiladi.

Savollarga jamoaning har bir ishtirokchisi navbati bilan javob beradi. Savollarga to‘g‘ri, aniq va qisqa, ravon nutqda javob bergan hamda ushbu shartda eng ko‘p ballga ega bo‘lgan jamoa g‘olib hisoblanadi.

Ushbu shart 10 ballik tizimda, Hakamlar hay’ati tomonidan kelishilgan holda yagona baho bilan baholanadi.

 

3-shart. “Adiblar hayoti va ijodidan teatrlashtirilgan kompozitsiya” – “Adabiyot xalqning yuragi, elning ma’naviyatini ko‘rsatadi. Bugungi murakkab zamonda odamlar qalbiga yo‘l topish, ulami ezgu maqsadlarga ilhomlantirishda adabiyotning ta’sirchan kuchidan foydalanish kerak. Ajdodlar merosini o‘rganish, buyuk madaniyatimizga munosib buyuk adabiyot yaratish uchun hamma sharoitlarni yaratamiz”. Yurtboshimizning shu so‘zlaridan kelib chiqib, qatag‘on qurbonlari bo‘lgan shahidlar, adiblar, shoirlar hayotining real voqeliklarini xalqimizga yetkazib berishimiz kerak, shoirlar, adiblar hayotidan bir kun, yoki ulaming hayotidan ibrat bo‘ladigan voqeliklami teatrlashtirilgan sahna orqali yoshlarimizga yetkazib berish, ularda vatanparvarlik tuyg'ularini shu orqali yanada shakillantirish.

Ushbu shartga 30 daqiqagacha vaqt beriladi.

Quyida keltirib o‘tilgan shart sahnada ijro etilgan asarning bugungi kunda dolzarbligi va ijrochilaming mahorat darajasini etiborga olib 10 ballik tizimda baholanadi.

Tanlovning yakuniy bosqichida faol ishtirok etgan 1, 2, 3 - o‘rinni qo'lga kiritgan jamoalar pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Tanlovga kelib tushgan hujjatlarga qarab, universitetda karantin e’lon qilinganligi sababli onlayn tarzda o‘tkaziladi.

 

Bo'lishmoq: