05.05.2020 1245

Masalaga oydinlik kiritamiz

Shu yilning 11-mart sanasida "Xalq so'zi" gazetasining onlayn shaklida O'zJOKUning 1-kurs Bosma OAV yo'nalishi talaba-jurnalist Murodjon Rahmatovning "Talaba dardi: Qachongacha tadbirlarda fon bo'lamiz?" degan maqolasi e'lon qilingan edi.

Talaba-jurnalist ta'lim muassasalarda talabalarni turli tadbirlarga jalb etilayotganligini aytib o'tgan. Aynan, O’zJOKU nomi keltirilmagan. Buni talabaning o’zi quyidagicha izohlaydi:
“Men aynan bir universitet haqida emas, media sohasiga umuman aloqador bo’lmagan oliy ta’lim muassasalari talabalari dardini yozdim, do’stlarim o’qiydigan boshqa universitetlardan shunday vaziyatlar ko’p uchrab turar ekan. Men esa bu bo’yicha surishtiuv o’tkazib yosh jurnalist sifatida yoritib berdim”. Bir nechta ta’lim muassasalarida bu kabi holatlar uchrab turishi muallif tomonidan keltirib o’tilgan.

Quyida talaba tomonidan yozilgan maqola bilan tanishib chiqishingiz uchun havola taqdim etilmoqda.

Bo'lishmoq: