Bugun xabar berganimizdek "Mediasavodxonlik haftaligi" doirasida seminar-trening bo'lib o'tdi
Tadbir ishtirokchilari mediasavodxonlikni oshirishdagi ustuvor jihatlar, uning uslubiyatini ishlab chiqish hamda sodda va ravon tilda tinglovchilarga yetkazish, yosh va kasb toifalariga ko‘ra mezonlarni aniqlashtirish, zamonaviy tendensiyalar va an’anaviy qarashlarni muvofiqlashtirish orqali yangicha yondashuvlarni belgilash, xalqaro hamjamiyatlarning mentalitetga xos amaliy tajribalarini o‘rganish va joriy qilish kabi muhim masalalarni muhokama qilishdi.