15.11.2023 435

Men o‘z kelajagimni tanlayman!

Bugun O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida Butun jahon Boks kengashi (WBC)ning 61-konvensiyasi doirasida "Men o‘z kelajagimni tanlayman" dasturi bo‘lib o‘tdi.

Asosiy ma’ruzachi Qo‘shma Shtatlarda narkotikka qarshi kurash boshqarmasi sobiq boshlig‘i Rokvell "ROKKI" Xerron tadbir ishtirokchilariga va talaba-yoshlarga hozirgi kunga qadar givohvand moddalar AQShda va dunyodaning turli mamlakatlar yoshlarini nima oqibatlarga olib kelganidan to‘g‘ri xulosa chiqarishlarini va sog‘lom turmush tarzida hayot kechirishlari yuzasidan tushuntirsh berdi.

Boks bo‘yicha jahon va olimpiada o‘yinlari chempionlari Billi Dib, Xasanboy Do‘stmatov, Fazliddin Gʻoyibnazarov yoshlarga o‘zlarining tajribalarini bo‘lishdi.

Bo'lishmoq: