29.05.2023 293

MOXI direktori O‘zJOKUda

Bugun Markaziy Osiyo Xalqaro Instituti direktori Vladimir Imamovich Norov O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetiga keldi.

Uchrashuvda O‘zJOKU hamda MOXI oliygohlari rahbarlari ikkala bilim yurti o‘rtasida hamkorlik o‘rnatish bo‘yicha kelishib olishdi.

Ma’lumot uchun V.Norov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2022-yil 30-dekabrdagi farmoni bilan Markaziy Osiyo Xalqaro (MOXI) Instituti direktori etib tayinlandi.

V.Norov — Favqulodda va Muxtor Elchi diplomatik martabasiga ega. Ingliz, nemis, rus tillarini biladi.

Bo'lishmoq: