Bugun O‘zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida sohamizning taniqli vakili, “Amerika Ovozi” teleradiosining multimedia jurnalisti Navbahor Imamova mehmon bo‘ldi. Jurnalistni universitet rektori, professor Sherzodxon Qudratxo‘ja qabul qilib, uni yangi qurilgan universitet binosi, yaqindagina foydalanishga topshirilgan tele va radio studiyalar shuningdek, talabalar press clubi xonalari bilan tanishtirdi. Talabalarga yaratilgan ajoyib imkoniyatlardan jurnalist juda ruhlanganini yashirmadi. Uchrashuv davomida Navbahor Imamova va Sherzodxon Qudratxo‘ja saylov jarayonlari, saylov oldi kampaniyalari va bunda jurnalistlarning ishtiroki borasida munozaralarga boy suhbat qurdilar.