14.03.2019 1335

"Oliy ta'lim muassasalari va iqtisodiyotning real sektori integratsiyasi" mavzusida forsayt bo'lib o'tmoqda

 

                Ayni vaqtda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi Akademiyasida "O'zbekiston 2030: Oliy ta'lim va iqtisodiyotning real sektori integratsiyasi" mavzusida forsayt bo'lib o'tmoqda.
O'zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan tashkillashtirilgan mazkur forsaytda O'zbekistondagi OTMlarnimg rektorlari, innovatsiya va ilmiy ishlar bo'yicha prorektorlar, biznes sektori vakillari, deputatlar, Vazirlar Mahkamasi ta'lim va ilm-fan masalalari axborot-tahlil departamenti vakillari, O'zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi mutaxassislari, ekspertlar va talabalar ishtirok etmoqda.
             Tadbirni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Abdujabbor Abduvahitov ochib berdi: “Agar taʼlimda sifat va innovatsiya boʻlmasa, biz berayotgan taʼlim “bozorda oʻtmas matoh” boʻlib qolaveradi”.   Forumning panel muhokamasi qismini Innovatsion rivojlanish vazirligi vakili Odiljon Abdurazzaqov ochar ekan, oliy ta'lim muassasalari va iqtisodiyotning real sektori o'rtasidagi ahamiyati to'g'risida so'zladi. 

             Panel muhokamasida Korzinka.uz kompaniyasi asoschisi Zafar Hoshimov, Dekos.uz kompaniyasi asoschisi Hasan Mamasaidov, Toshkent davlat texnika universiteti rektori Sadritdin Turabjanov, Toshkentdagi Xalqaro Vestminster universiteti rektori Komiljon Karimov, "Buyuk kelajak" xalqaro notijorat tashkiloti eksperti Asqar Karimov ishtirok etmoqdalar.
          Anjuman ishtirokchilari XXI asrda Oliy ta'lim muassasalarida texnologik imkoniyatlardan foydalanish, universitetlar hamda iqtisodiyotni real sektorlari o'rtasida hamkorlikni mustahkamlash masalalari muhokama qilinmoqda. Ayniqsa, xorijlik mutaxassislar tomonidan sun'iy intellekt imkoniyatlarini ta'lim tizimiga tadbiq etish taklifi ilgari surilmoqda.
          Shuningdek, mazkur forsaytda O'zJOKU rektori Sherzodxon Tojiddinovich Qudratxo'jayev,  universitetimizning innovatsiya va ilmiy ishlar bo'yicha prorektori  Nozima Fahritdinovna Muratova universitetning bir guruh doktorantlari, jumladan, umummutaxassislik kafedrasi 1-bosqich doktoranti Odina Qulmurodova, Internet jurnalistika va ijtimoiy medialar fakulteti mustaqil izlanuvchisi Farhod Umarov, Internet jurnalistika va ijtimoiy medialar fakulteti 1-bosqich magistrantlari Inobat Ahatova, Yelena Chuyanova, Sitora Xolmatovalar ham ishtirok etmoqda.

          Panel muhokamasidan so'ng oliy ta'lim muassasalari vakillari, biznes sektori vakillari guruhlarga bo'linib, sohaga oid muammolarni tahlil qiladilar va takliflar ishlab chiqadilar.
Muhokama yakunida guruhlar tarafidan ishlab chiqilgan takliflarga asosan respublikamiz oliy ta'lim tizimini rivojlantirish bo'yicha aniq rejalar ishlab chiqilishi rejalashtirilgan.

Bo'lishmoq: